Masharipovning o‘rnini Turg‘unboev egallay oladimi? Aziz savolga javob berdi!

  • 19 mart, 2021, 00:51
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning «Paxtakor» jamoasi mehmonda AGMK ustidan ishonchli (0:3) hisobida g‘alaba qozonganidan xabaringiz bor. Hakamning final hushtagi chalingach, o‘yindagi birinchi golni kiritgan Aziz Turg‘unboevni suhbatga tortdik.

Tecno

-  Bugungi o‘yin haqidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz?!

-  O‘yin «jangovar» ruhda o‘tdi. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. Shu bois, g‘alaba biz tomonda bo‘ldi deb o‘ylayman. Tan olish lozim, AGMK ajoyib futbol namoyish etdi. Ayniqsa, birinchi taymda ular bizga munosib qarshilik ko‘rsatishdi. Ulardan bir nechta qulay imkoniyatlar bo‘ldi. Ularga omad kelmadi desam, adashmagan bo‘laman. Biz o‘z imkoniyatlarimizdan foydalanganimiz uchun ham bugun g‘alabaga erishdik.

-  Masharipov jamoani tark etgach, uning pozitsiyasida sizni ko‘ryapmiz., Jaloliddinning o‘rnini bosishingiz kerak. Aytingchi, bu ishni uddalay olasizmi?

-  Hammaning o‘z o‘yin uslubi bor deb hisoblayman. Men «Paxtakor»ga yordam berish uchun jamoaga keldim. Maqsadim klubning yutuqlariga hissa qo‘shish. Menda kutilayotgan futbolni namoyish etishga harakat qilaman.

-  Jamoaning Osiyo chempionlar ligasidagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

-  Oldindan hech narsa demoqchi emasman. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Jamoa muhim musobaqa oldidan o‘z sport formasini optimal holatga olib kelish uchun harakat qilmoqda. Shunday bo‘lsada, oldindan biror narsa deyish noo‘rin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!