
Masharipov va Ronaldu “Barsa” yulduzi bilan o‘ynashga tayyor
“An-Nasr” Evropaning mashhur o‘yinchilarini o‘z safiga chorlashda davom etmoqda. Bu gal saudiyaliklar “Barselona”ning eng yorqin futbolchilaridan Serxio Busketsni Osiyoga olib kelmoqchi.
Sport.es saytining ma’lum qilishicha, klub xo‘jayinlari 34 yoshli yarim himoyachiga taklif yubordi. “An-Nasr” mutasaddilari Busketsning bir yillik xizmatini 20 million evroga baholamoqda. Bu yoshi o‘tib qolayotgan o‘yinchi uchun juda katta maosh hisoblanadi.
Busketsning kataloniyaliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Saudiyaliklar uni erkin agent sifatida tekinga qo‘lga kiritmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov ham “An-Nasr” sharafini himoya qilmoqda.
Fikrlar