
Masharipov jamoasi Ronaldu ortidan yana bir yulduzni olib keladi
“An-Nasr” rahbariyati Evropa futbolida porlagan yulduzlarni olib kelishda davom etadi. Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoniga kelgani boshqa mashhur o‘yinchilarga ham yo‘l ochib berishi aytilmoqda.
Daily Mail nashrining yozishicha, saudiyaliklar “Borussi Dortmund”ning hujumkor futbolchisi Marko Roysini ham o‘z safiga qo‘shib olishi kutilmoqda.
33 yoshli jahon chempionining dortmundliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Arabyular hozirdan Roysni Saudiyaga kelishga ko‘ndirmoqchi.
Roys joriy mavsumda “Borussiya” safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol va to‘rtta assist qayd etdi.
Fikrlar