
Masharipov jamoasi katta o‘zgarish arafasida
Hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubi katta o‘zgarishlar arafasida turibdi.
Saudiya chempionatidagi omadsiz startdan so‘ng riyodliklar sport direktori Xusayn Abdulg‘ani hamda yaqindagina tayinlangan murabbiy Emanuel Pedro o‘z lavozimidan ozod etildi. Yangi murabbiy kelguncha Marselo Salasar jamoani boshqarib turadi.
Eslatib o‘tamiz, "Al-Nassr" ayni damda chempionatda 13 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda. Klub kelasi yil OChLda ishtirok etmaydi.
Fikrlar