
Marsyal Frantsiyaga qaytishni xohlamadi
"Manchester Yunayted"ning frantsiyalik hujumkor yarim himoyachisi Antoni Marsyal "Lion"ga o‘tishni xohlamadi.
L'Equipe nashri tarqatgan xabarga qaraganda, lionliklar 25 yoshli futbolchini 2022 yilning yoziga qadar ijaraga olishni xohlashgan, ammo Antoni Frantsiyaga qaytishni istamagan.
Marsyal 2015 yildan buyon "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 261 ta o‘yinda maydonga tushdi va 78 ta gol hamda 50 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Uning MYu bilan imzolagan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar tuzilgan.
Fikrlar