
Marko van Basten: "U loyiq emas edi"
Marko van Bastenning fikricha, Vinisius Junior "Betis"ga qarshi o‘yinda penaltiga loyiq emas edi.
73-daqiqada braziliyalik futbolchi darvozabon Rui Silva bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va to‘pni raqibning o‘ng tomoniga tashladi. Shu payt darvozabon uning oyog‘ini ushlab olganidan keyin futbolchi maydonga yiqildi.
"Vinisius darvozabonga yaqinlashib, uni tepgani aniq ko‘rinib turardi. Hakam yoki VAR buni sezmagani aql bovar qilmaydi.
Buni penalti deb hisoblash uchun VARda kim o‘tirishi kerak bilmayman?!" , - dedi Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi va murabbiyi.
Fikrlar