Mareska: "U jamoaga yordam beradi"

  • 29 noyabr, 2024, 16:04
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" Konferentsiyalar ligasi doirasida "Xaydenxaym" klubi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi gollarni Mudrik va Nkunku o‘z hisoblariga yozdirib qo‘ydi.

Tecno

Bellashuvdan so‘ng "aristokratlar" bosh murabbiyi Entso Mareska Nkunkuning klubdagi kelajagini haqida gapirdi.

- Men Kristofer bilan bir necha kun oldin gaplashdim. Suhbat davomida u faqatgina ko‘proq daqiqalar xohlashini aytdi. Shuning uchun futbolchi yanvarda hech qaysi klubga sotilmaydi. U biz bilan qolib muvaffaqiyatga erishishimizga yordam beradi - deya ta’rif berib o‘tdi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik vinger bu mavsum "Chelsi" safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Transfermarktdagi narxi 65 million evro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!