
Maradona yana iste’foga chiqishi mumkin
Argentinaning "Ximnasiya" klubi bosh murabbiyi Diego Maradona lavozimini tark etishi mumkin.
Bunga sabab, klub prezidenti Gabriel Pellegrino rahbarlikka qayta saylanmasligi ko‘rsatilmoqda.
Maradona Pellegrinoni qo‘llab-quvvatlaydi va avvalroq, jamoaning amaldagi prezidenti ketsa, Maradona iste’foga chiqishini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, "Ximnasiya" klubi Argentina chempionatining joriy mavsumida 10 ochko to‘plagan holda, 24 ta klub orasida 22-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar