Maradona MYuni boshqarishga tayyor ekanligini aytdi

  • 5 iyun, 2019, 10:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinalik futbol afsonasi Diego Maradona "Manchester Yunayted"ni boshqarishga tayyorligini bildirdi.

Tecno

“Agar ularga yangi murabbiy kerak bo‘lsa, men tayyorman. Bilaman, ushbu jamoa butun dunyo bo‘ylab judayam ko‘p futbolka sotadi, lekin ular sovrin ham yutishlari kerak. Men esa buni qila olaman. “Manchester Yunayted” uzoq vaqtdan buyon mening sevimli jamoam hisoblanadi. Ular safida judayam ko‘plab mahoratli futbolchilar o‘ynashgan va Aleks Fergyuson davrida jamoa ajoyib o‘yinlar ko‘rsatgan”, - deydi Maradona.

Eslatib o‘tamiz, 58 yoshli Maradonaning so‘nggi jamoasi Meksikaning "Dorados" klubi bo‘lgan edi. “Manchester Yunayted”ning hozirgi murabbiyi esa Ule Gunnar Sulsher hisoblanadi. Uning “qizil iblislar” bilan shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!