Manjukich uchun kurashga La Liga klubi ham qo‘shildi

  • 27 oktabr, 2019, 13:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning "Sevilya" klubi "Yuventus" forvardi Mario Manjukich uchun navbatdagi da’vogarga aylandi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra andalusiyaliklar rahbariyati jamoaning hozirgi hujumchilari gol urishda oqsoqlanayotgani sabab tarkibga tajribali hujumchi jalb etishga qaror qilgan. Bu borada esa ular aynan xorvatiyalik to‘purarni ko‘zlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Manjukich uchun "Sevilya"dan tashqari shuningdek "Manchester Yunayted", "Milan" va "Inter" kabi jamoalar ham kurash olib borishmoqda. O‘z navbatida "Yuventus"ning yangi ustozi Mauritsio Sarri uni o‘z rejalariga kiritmayapti.

Ma’lumot uchun, Manjukich joriy mavsum “Yuventus” safida birorta o‘yinda maydonga tushgani yo‘q. Uning transfer narxi esa 10 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!