
Mane sobiq klubiga qaytishi mumkin
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Sadio Mane Leroy Sane bilan mojarodan so‘ng jamoani tark etishi mumkin. Chempionlar ligasida "Manchester Siti"ga (0:3) mag‘lub bo‘lgan senegallik futbolchi jamoadoshining yuziga zarba berdi.
Jurnalist Xrax Xachatryanning xabar berishicha, afrikalik yulduz "Liverpul"ga qaytishi mumkin. "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp futbolchini qaytarib olishga tayyor. Katta ehtimol bilan shartnoma yozgi transfer oynasida yakunlanadi.
Sadio joriy mavsumda Bundesligada 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 4 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar