
Manchesterliklar bebosh yulduzga narx belgiladi
“Manchester Yunayted” mutasaddilari bosh murabbiy Erik ten xag bilan urishib qolgan Jeydon Sancho bilan to‘liq xayrlashishga qaror qildi.
23 yoshli futbolchi asosiy tarkibga yaqinlashtirilmayapti. U mashg‘ulotlardan va jamoa bilan birga ovqatlanishdan ham chetlatilgan.
Klub rahbariyati va futbolchilar Jeydon Sanchoni niderlandiyalik murabbiydan uzr so‘rashga ko‘ndira olmadi.
Endi klub bu o‘yinchini yanvarda sotib yubormoqchi. Ancha qimmatga olingan Sanchoni 50 million evro to‘laydigan jamoaga transfer qilishadi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, hujumkor futbolchiga “Yuventus”, “Borussiya Dortmund” va Saudiya Arabistoni jamoalaridan qiziqish bor.
Fikrlar