“Manchester Yunayted”ning muhim qarori

  • 3 iyul, 2020, 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” ikki futbolchisining ijara muddati bo‘yicha yangi qarorini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, himoyachi Kris Smolling “Roma”da, hujumchi Aleksis Sanches “Inter”da ijara asosida o‘ynashni davom ettiradi. Ularning ijarasi 2 avgustga qadar uzaytirildi. “Manchester Yunayted” futbolchilari faqatgina A Seriyada to‘p suradi va 5 avgust kuni qayta tiklanadigan Evropa ligasi o‘yinlarida qatnashishga ulgurmaydi.

30 yoshli Smolling “Roma” safida 30 ta uchrashuvda ikkita gol urdi. 31 yoshli Sanches esa  “Inter” tarkibida jami 19 ta o‘yinda bitta to‘p kiritdi xolos.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!