“Manchester Yunayted”ga Xyoylunn yoqmadi, qishda boshqa hujumchi keladi

  • 3 noyabr, 2023, 10:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yozgi transferlar vaqtida katta umidlar bilan “Atalanta”dan daniyalik forvard rasmus Xyoylunni olib kelgandi.

Tecno

Manchesterliklar 45 million evroga baholangan o‘yinchi uchun 75 million evro to‘ladi. Biroq 20 yoshli futbolchi Angliya Premer-ligasiga moslashishga qiynalmoqda. Premer-ligada Rasmus ettita o‘yinda qatnashib, hali gol urgani yo‘q.

Endi klub rahbariyati yanvarda boshqa hujumchi olmoqchi. Ular “Brentford” to‘purari Eyvan Tounini mo‘ljallab turibdi. Bu haqda jurnalist Sami Mokbel xabar berdi.

Touni hozir sakkiz oylik diskvalifikatsiyani o‘tamoqda. Ta’qiq yanvarda tugaydi. Unga “Arsenal” va “Chelsi” ham xaridor. “Brentford” bu transfer uchun 100 million evro atrofida badal puli talab qilmoqda.

Shunga qaramay, uzoq muddat maydondan uzoq yurgan 27 yoshli futbolchi birdagi zo‘r o‘ynab ketishiga hech qanday kafolat yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!