“Manchester Yunayted”ga alam qildi

  • 13 may, 2022, 21:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” mutasaddilari yangi bosh murabbiy Erik ten Xag so‘roviga ko‘ra, “Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong transferi bo‘yicha kataloniyaliklarga murojaat qilgandi.

Tecno

“Barsa” mutasaddilari ham 24 yoshli yarim himoyachini 70-80 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga qo‘yib yuborishga ko‘ngandi.

Shunga qaramay, bu transfer amalga oshmaydigan bo‘ldi. Niderlandiyalik futbolchi kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kirita olmagan jamoaga o‘tmasligini ma’lum qildi.

De Yong 2019 yildan beri Kataloniyada tshp tepmoqda. Joriy mavsumda 45 ta uchrashuvda to‘rtta gol va beshta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!