“Manchester Yunayted” zo‘r to‘purarni olmaydigan bo‘ldi

  • 30 mart, 2022, 20:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujum chizig‘iga Paulo Dibalani olib kelmoqchi bo‘layotgan edi.

Tecno

Argentinalik yulduz mavsum oxirida erkin agentga aylanadi. Chunki “Yuventus” uning maosh bo‘yicha talablarini qabul qilmadi va bitimni yangilamaydigan bo‘ldi.

Dibala har mavsum uchun 8 million evro maosh, ikki million evro bonus va shartnoma davomida 10 million evro ustama talab qilayotgan edi. Biroq, Paulo so‘nggi ikki-uch mavsum davomida yuqori sport formasiga chiqa olmayotgani sababli turinliklar uning talablarini qabul qilmadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Dibalaning agentlari o‘yinchi uchun Italiya, Angliya, Ispaniya klublaridan yangi ish joyi qidirmoqda. Biroq “Manchester Yunayted” hujumchiga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotganini bildirdi.

Yaqinda “Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes ham Paulo Dibala uning talablariga javob bermasligi va bu o‘yinchiga Kataloniya klubida joy yo‘qligini aytgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!