
“Manchester Yunayted”: Zidan ko‘nmasa, jamoani umuman kutilmagan mutaxassis boshqaradi!
“Manchester Yunayted” premer-liga doirasida navbatdagi qaqshatqich mag‘lubiyatdan so‘ng, bosh murabbiyni almashtirishga qaror qildi.
Manchesterliklar jamoani Zinedin Zidan boshqarishini istamoqda. Shu bois, avval rad etilgan taklifni yaxshilangan variantda qaytadan ishlab chiqmoqda.
Frantsiyalik mutaxassis Angliya chempionatida ishlashga tayyor emasligini aytmoqda. Agar Zidan yana taklifni qabul qilmasligi mumkinligini inobatga olgan “Manchester Yunayted” musaddilari har ehtimolga qarshi boshqa nomzod ham topib qo‘ydi.
Unga ko‘ra, klub rahbariyati Qatarning “Ar-Rayan” jamoasini boshqarayotgan Loran Blan variantini ham ilgani surmoqda. Bu mutaxassis futbolchilik davrida 2001-2003 yillarda “Manchester Yunayted”da o‘ynagan.
Fikrlar