“Manchester Yunayted” yulduzini yana ikki qiz zo‘ravonlikda aybladi

  • 8 sentabr, 2023, 11:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Antoni atrofidagi vaziyat yanada chigallashib ketdi.

Tecno

Xabaringiz bor, braziliyalik futbolchining sobiq sevgilisi Gabriela Kavallin uni zo‘ravonlikda ayblaganidan keyin Antoni terma jamoadan chetlatilgan edi.

Daily Mail nashrining yozishicha, 23 yoshli yarim himoyachini yana ikki qiz kuch ishlatganlikda ayblamoqda. Yuridik fakultet talabasi Rayssa de Freytas Antoni o‘tgan yili mayda tungi klubda unga hujum qilganidan keyin qis shifoxonada davolanishga majbur bo‘lgan.

33 yoshli bank xodimi Ingrid Lana Antoni uni zo‘rlamoqchi bo‘lganini va o‘yinchining qo‘polligidan so‘ng, boshini devorga urib, jarohatlanganini iddao qilmoqda.

Antonining o‘zi qo‘yilayotgan ayblarni inkor etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
08/09/2023 13:38
Шу аёллар бечора футболистларни тамом кивоти