
"Manchester Yunayted" yana bir "Bavariya" himoyachisini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqda
"Manchester Yunayted" Matteys de Ligt transferini amalga oshirish bilan birgalikda Nussayr Mazrauni ham o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.
Fabritsio Romanoga ko‘ra, tomonlar 20 million evrolik kelishuvga erishdi. Himoyachi bilan 5 yillik shartnoma imzolanadi. Shu bilan birga, bitimni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham bor.
Mazraui 2022 yili "Bavariyag" erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. Ammo u birinchi mavsumida ko‘p ham imkoniyatga ega bo‘lgani yo‘q. Faqatgina yakuniy mavsumning so‘nggida o‘yin amaliyotini qo‘lga kiritib, spor formasini yaxshilab oldi.
Fikrlar