“Manchester Yunayted” xodimlarni ovqatsiz qoldirdi

  • 24 avgust, 2024, 20:10
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati xarajatlarni qisqartirish maqsadida xizmat ko‘rsatadigan personalni tushlik bilan ta’minlashni to‘xtatdi. 

Tecno

Britaniyaning "Daily Mail" nashri ma’lumotiga ko‘ra, ilgari klub xodimlariga o‘yin kuni sendvich,  baton, chips va ichimlikdan iborat taom paketi berib kelingan. Mavsumdagi birinchi o‘yindan keyin xodimlarning aksariyati ularga tushlik berilmaganiga norozilik bildirgan. Ayrim holatlarda xodimlarga korporativ mijozlardan ortgan ovqatlar berilgan. 

Klub mutasaddilari xodimlarga taom bermaslik haqidagi qarorni, ilgari bu ovqatlarning aksariyati eyilmay qolib ketgani bilan izohladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!