
"Manchester Yunayted" vakillari "Barselona" futbolchisi uchun katta summa sarflamoqchi emas
"Manchester Yunayted" rahbariyati "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong uchun katta summa sarflashni istamayapti.
Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" Kataloniya klubiga va niderlanliyalik havbekning agentiga 25 yoshli futbolchi uchun 75 million evro to‘lashga tayyor emasligini bildirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mankunianliklar yozgi transferlarga ajratilgan pulning katta qismini bitta futbolchiga sarflamoqchi emas. Shu bois tomonlar haligacha Frenki transferi borasida bir to‘xtamga kelmagan.
De Yong joriy mavsum Ispaniya La Ligasida 31 uchrashuvda maydonga tushib, 3 gol va 3 assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.
Fikrlar