
“Manchester Yunayted” va “Barsa” katta transferni hal qildi
“Manchester Yunayted” va “Barselona” o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi, deb xabar bermoqda Daily Telegraph nashri.
Tomonlar niderlandiyalik pleymeyker Frenki de Yong transferi bo‘yicha kelishib oldi. Manchesterliklar bosh murabbiyi Erik ten Xag yangi tarkibni de Yong atrofida shakllantirish maqsadida klub xo‘jayinlaridan birinchi bo‘lib aynan mana shu transferni amalga oshirishni talab qildi.
Angliyalik Frenki uchun 60 million taklif qilayotgan edi. “Barselona” o‘zi talab qilgan summadan besh million evro o‘tib berdi va bu transfer 80 million evroga tushadigan bo‘ldi.
De Yongning transferi tez kunlarda rasman e’lon qilinadi.
“Barselona” Frenki de Yong transferi uchun uch yil muqaddam “Ayaks”ga 86 million evro to‘lagan edi.
Fikrlar