"Manchester Yunayted" ustozi APLda fevral oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi

  • 10 mart, 2023, 18:51
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ten Xag Angliya premer-ligada oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Tecno

"Manchester Yunayted" boshqaruvchisi Erik ten Xag premer-liganing fevral oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. "Qizil iblislar" o‘tgan oy ligada to‘rtta o‘yin o‘tkazdi. Ularda jamoa bitta durang bilan uchta g‘alabani tantana qildi. "Liverpul"dan 0:7 hisobida sensatsion mag‘lubiyat esa mart oyida bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, mankunianliklar hozirda APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Ten Xag shogirdlari peshqadam "Arsenal"dan 14 ochkoga ortda qolmoqda.

zxvc

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!