“Manchester Yunayted” tanlovda katta xato qildi

  • 5 sentabr, 2023, 16:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Pol Parker manchesterliklar yozgi transferlar vaqtida “Chelsi”dan Meyson Mauntni olib xato qilganini aytdi.

Tecno

Manchesterliklar Meyson uchun 60 million funt to‘lagan edi. U ikki ta uchrashuvda juda bo‘sh o‘ynadi. Keyin jarohat olib, jamoaga yordam bera olmadi.

Pol Parker Maunt o‘rniga Jeyms Meddisonni olish kerakligini ta’kidladi. “Tottenxem” bu futbolchini “Lester”dan 40 million evroga sotib oldi.

Eddison darrov “shporlar” etakchisiga aylanib oldi. Premer-liganing to‘rtta o‘yinida ikkita gol va ikkita assist qayd etdi.

- “Manchester Yunayted” Mauntga sarflangan mablag‘ni Meddisonga yo‘naltirishi kerak edi. Men Mauntning transferini hech qachon ma’qullamaganman. Bu “Manchester Yunayted”ga mos variant emas. Ularga Eriksenga o‘xshaydigan o‘yinchi kerak edi. Meddison aynan mana shu tipdagi futbolchi, - dedi Pol Parker.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!