
“Manchester Yunayted” Ronaldudan voz kechishga qaror qildi
“Manchester Yunayted” mutasaddilari jamoaning eng mashhur futbolchisi Krishtianu Ronaldu ketish istagini bildirsa unga qarshilik qilmaydigan bo‘ldi.
Portugaliyalik hujumchining shartnomasi 2023 yilgacha tuzilganiga qaramay, u yozda boshqa klubga o‘tishi haqida ma’lumotlar ko‘p chiqyapti.
O‘tgan yilning avgustida "Yuventus"ni tark etib, manchesterliklar safiga qo‘shilgan to‘purar joriy mavsumda manchesterliklar uchun 27 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 15 marotaba ishg‘ol qildi va uchta assistni amalga oshirdi.
Keyingi paytda ayrim mutaxassislar “Manchester Yunayted” Ronalduni olgani jamoaning yosh futbolchilarining o‘sishiga salbiy ta’sir qilayotganini ta’kidlab kelmoqda.
Fikrlar