"Manchester Yunayted" Reshford bilan shartnoma muddatini uzaytirishga yaqin

  • 20 iyun, 2023, 18:03
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" Markus Reshford bilan yangi bitim borasida deyarli kelishuvga erishdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, ingliz hujumchisining maoshi haftasiga 375 ming funt bo‘lishi kutilmoqda. Bu bilan Reshford APLda De Bryunedan keyin eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanib olishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, Markusning amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. Uni PSJ erkin agent sifatida o‘z tarkibiga qo‘shib olishga urinayotgandi, lekin bu transfer amalga oshish ehtimoli juda past.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!