
“Manchester Yunayted” qimmatbaho o‘yinchi bilan xayrlashadi
“Manchester Yunayted” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida Antoni bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanini bildirdi.
Manchesterliklar braziliyalik hujumkor futbolchini 2022 yili yozda “Ayaks”dan o‘ta qimmat narx – 95 million evroga xarid qilgan edi. Biroq bu transfer kutilgan natijani bermadi.
Goal.com saytining yozishicha, angliyaliklar Braziliya terma jamoasi o‘yinchisi o‘rniga “Kristal Pelas” etakchisi Maykl Oliseni olib kelmoqchi.
Shunday bo‘lsa-da, Antonidan qutilish oson bo‘lmaydi. Chunki bu futbolchining shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.
Fikrlar