"Manchester Yunayted" Osimxen uchun 135 million evro sarflashga tayyor

  • 17 fevral, 2023, 17:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda "Napoli" safida Italiya chempionatida to‘p tepayotgan nigeriyalik markaziy hujumchi Viktor Osimxen faoliyatini "tumanli albion"da davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Calciomercato" nashrining xabar berishicha, "Manchester Yunayted" yozda afrikalik to‘purar bilan shartnoma imzolamoqchi. "Qizil iblislar" rahbariyati hujumchi uchun 120 million funt sterling (135 million evro) ajratishga tayyor.

Osimxenning "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli hujumchi A Seriyaning joriy mavsumida 18 ta uchrashuv o‘tkazib, 17 ta gol va 3 ta assistni amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!