“Manchester Yunayted” olinadigan futbolchilar ro‘yxatini tuzdi

  • 20 oktabr, 2023, 11:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” mutasaddilari jamoa tarkibini tubdan kuchaytirish bo‘yicha ish boshladi.

Tecno

Erik ten Xag kerakli futbolchilar ro‘yxatini rahbariyatiga topshirgan.

Manchesterliklarning asosiy transfer nishoni Evan Fergyuson hisoblanadi. “Brayton”ning 18 yoshli hujumchisi Premer-liganing shiddatli bellashuvlariga ancha moslashib oldi.

Makuniyaliklar bu futbolchini olish uchun “Brayton”ga yuz million funt atrofida pul taklif qilishi kutilyapti.

Bundan tashqari, “Manchester Yunayted” vakillari “Bayoer”ning ikki o‘yinchisi – Jeremi Frimpong va Edmon Tapsobuni transfer qilmoqchi.

Shuningdek, Erik ten Xag “Fiorentina”dan ijaraga olingan Sufyon Amrabatni to‘liq transfer qilinishini so‘rayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!