
"Manchester Yunayted" muxlislari uchun xushxabar
Ushbu mavsumda "Manchester Yunayted"ning etakchi futbolchisiga aylanib ulgurgan Amad Diallo "Atletik"ka qarshi bahs oldidan umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi. Futbolchi fevralda Angliya Premer-Ligasi doirasida "Tottenxem"ga qarshi kechgan bahsda to‘pig‘idan jarohat oldi va mavsum so‘nggiga qadar safdan chiqqani ma’lum qilingan edi.
Biroq, futbolchining tiklanish jarayoni kutilmaganda tezlashdi va mavsum yakuni oldidan yana jamoasiga yordam berishi mumkin. Bundan tashqari, "qizil iblislar" markaziy himoyachisi Matteys de Ligt ham jiddiy jarohatdan so‘ng mashg‘ulotlarga qaytdi. Futbolchi deyarli ikki hafta oldin MYuning "Nottingem Forest"ga qarshi 1:0 hisobida uchralgan mag‘lubiyatning birinchi bo‘limida to‘pig‘idan jarohat olgan edi.
Futbolchilarning maydonga qaytish sanasi hali noma’lum, biroq tez orada ular maydonda ko‘rinish berishi mumkin.
Fikrlar