
"Manchester Yunayted" Matani shartnomani uzaytirishga ko‘ndira olmayapti
“Manchester Yunayted” klubi o‘zining ispaniyalik yarim himoyachisi Xuan Mata bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmayapti.
The Telegraph nashrining xabar berishicha mavsum yakunida shartnomasi o‘z nihoyasiga etadigan 30 yoshli futbolchi “qizil iblislar” taklif qilayotgan bir yillik kelishuvga rozi bo‘lmayapti.
Ta’kidlash kerakki, Mata MYuda qolishga qarshi emas, faqat buning uchun u jamoa rahbariyatidan uzoq mullatli shartnoma va yuqori maosh talab qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Mata joriy mavsum APLda jami 18ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar