
“Manchester Yunayted” mana shu ikki o‘yinchiga tayanadi
“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand hozirgi bosh murabbiy Erik ten Xag jamoasiga katta yordam berayotgan ikki nafar futbolchi borligini ta’kidladi.
- Lisandro Martines bu mavsum ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Rafael Varanning jismoniy quvvati, tezligi va tajribasi jamoada uni alishtirib bo‘lmas o‘yinchiga aylantirdi.
Frantsiyalik himoyachining jarohati jamoaga sezilarli yo‘qotish bo‘ladi. Erik ten Xagga bu ikki futbolchi juda zarur.
Agar bu ikkisi birga o‘ynasa “Manchester Yunayted” umuman boshqa jamoaga aylanadi, - dedi Rio Ferdinand.
Fikrlar