
“Manchester Yunayted” kutilmagan transferga qo‘l urdi
“Manchester Yunayted” rahbariyati hech kim kutmagan transferni amalga oshirmoqchi. Aslida manchesterliklar “Barselona” pleymeykeri Frenki de Yongni olishni rejalashtirgan edi.
Biroq niderlandiyalik futbolchi faoliyatini Kataloniyada davom ettirishni istayapti va boshqa takliflarni ko‘rib chiqayotgani yo‘q.
Ispaniyadan rad javobini olgan “Manchester Yunayted” mutasaddilari endi bor e’tiborini “Borussiya M” vakili Manu Koneni Angliya premer-ligasiga olib kelmoqchi.
Mutaxassislar 21 shli frantsiyalik futbolchining salohiyati juda yuqori ekanini ta’kidlamoqda. “Yunayted” skautlari bu o‘yinchi jamoaning maydon markazidagi muammolarini uzoq muddatga bartaraf etishi mumkinligini aytgan.
Fikrlar