
“Manchester Yunayted” katta transferni boshladi
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, “Manchester Yunayted” mutasaddilari “Barselona” rahbariyati bilan niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yong transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi.
Kataloniyaliklar iste’dodli pleymeyker bilan xayrlashishga tayyor va bu transferdan 85 million evro ishlab olmoqchi.
Shunga qaramay, Frenki de Yongning o‘zi Kataloniyada qolishni istayapti va Angliyaga bormoqchi emas. Chunki de Yong ham barcha futbolchilar singari Chempionlar ligasida ishtirok etishga oshiqyapti.
Aslini olganda, “Manchester Yunayted”ning Chempionlar ligasiga chiqa olmagani ular ko‘zlagan ayrim transferlarni amalga oshirishga xalaqit qilmoqda.
Fikrlar