
“Manchester Yunayted” katta transferdan voz kechdi
Angliya terma jamoasi va “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemni evropaning deyarli barcha grand klublari nishonga olgan edi.
Lekin 19 yoshli futbolchi uchun dortmundliklar 150 million evro talab qilayotgani sababli xaridorlar safi tobora kamayib bormoqda.
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag shaxsan angliyalik yarim himoyachini o‘z jamoasida kutayotgan edi. Lekin klub rahbariyati bu o‘yinchi uchun kurashmaslikka qaror qilgan.
Shu tariqa, Bellingemni o‘z safiga chorlayotgan uchta jiddiy klub qoldi. Bular “Lierpul”, “Manchester Siti” va “ Real”.
Fikrlar