"Manchester Yunayted" "Inter" darvozabonini sotib olmoqchi

  • 10 may, 2023, 22:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchesetr Yunayted" yozgi transferlar oynasida "Inter" darvozaboni Andre Onanani sotib olmoqchi, deya xabar berdi insayder Di Martsio. De Xeaning amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. U manchesterliklar bilan yangi bitim borasida muzokaralar o‘tkazmayapti. 

Tecno

27 yoshli posbonga "qizil iblislar"dan tashqari "Chelsi" ham qiziqmoqda. London jamoasi uni qo‘lga kiritish uchun ikkala darvozabonidan ham voz kechishga tayyor. 

Onana mavsum boshida "Inter" tarkibiga kelib qo‘shildi. Uning tashrifidan keyin klubning asosiy posboni Xandonovich zaxira futbolchisiga aylanib qoldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!