
“Manchester Yunayted” himoyani “betonlaydigan” futbolchi topdi
“Manchester Yunayted” yozda tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qiladi. Yaqinlashib kelayotgan ikkita transfer bozorida klub o‘n besh nafarga yaqin futbolchi bilan xayrlashishga qaror qilgan.
Selektsiya bo‘limi tarkibga jalb qilinadigan yangi o‘yinchilar ro‘yxatini tuzmoqda. Taklif etiladigan himoyachilar orasida Jarrad Brantueyt asosiy nishon sifatida belgilandi.
Manchesterliklar Rafael Varan va Jonni Evansga ruxsat berib yubormoqchi. Jarrad ularning o‘rnini to‘ldirishi kerak.
“Everton” Jarrad Brantueytni osonlikcha qo‘yib yubormaydi. Katta miqdorda badal puli talab qilishi aytilmoqda.
Manchesterliklar ro‘yxatga “Nitstsa”dan Jan-Kler Todibo, “Sporting”dan Gonsalu Inasiu va “Benfika”dan Antoniu Silva kabi himoyachilarni ham kiritdi.
Fikrlar