
"Manchester Yunayted" himoyachisi uchun mavsum tugadi
"Manchester Yunayted" himoyachisi Lisandro Martines uchun mavsum o‘z nihoyasiga etdi. Evropa ligasining chorak finalidan o‘rin olgan "Sevilya"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan argentinalik futbolchi jamoasiga qolgan o‘yinlarda yordam bera olmaydi, deya xabar bermoqda "The Athletic" nashri.
Lisandrodan tashqari mazkur o‘yinda Varan ham safdan chiqqan edi. Ma’lum bo‘lishicha, frantsuzning qachon maydonga qaytishi hali aniq emas. Ammo u ham mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkin.
"Manchester Yunayted" Martinesni o‘tgan yozda "Ayaks"dan 57 million evro evaziga sotib olgan edi. U MYu tarkibida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golda ishtirok etdi. Shu bilan birgalikda, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylanib oldi. "Qizil iblislar" uchun 25 yoshli futbolchisiz qiyin bo‘lishi aniq. Klubni oldinda "Nottingem Forest" va "Sevilya"ga qarshi o‘yinlar kutib turibdi.
Fikrlar