"Manchester "Yunayted" Garnachoga narx belgiladi

  • 13 yanvar, 21:29
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" futbolchisi Alexandro Garnacho faoliyatini "Napoli"da davom ettirishi mumkin. Italiya klubining fikricha, 20 yoshli argentinalik futbolchi jamoani tark etishi kutilayotgan Xvicha Kvaratsxeliya o‘rnini munosib tarzda egallashga qodir.

Tecno

Jurnalist Alfredo Pedulla xabariga ko‘ra, "Napoli" Garnachoning transferi uchun 40+5 million evro bonuslar bilan birgalikda 45 million evro taklif qilmoqda. Biroq, "Manchester Yunayted" ko‘proq mablag‘ talab qilmoqda. Premer-liganing top-klubi argentinalik futbolchini 60 million evrodan yuqori baholamoqda.

2024/2025 yilgi mavsumda Alexandro Garnacho 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va jamoadoshlariga 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!