
“Manchester Yunayted” futbolchisining kibri transferni barbod qildi
Niderlandiyaning eng iste’dodli futbolchilaridan hisoblangan Donni van de Bek bir necha yil oldin “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tganidan keyin umuman ishlari yurishmay qoldi.
Jamoada bir necha murabbiy alishganiga qaramay, Donni tarkibga kira olgani yo‘q. Yozgi transferlar vaqtida Frantsiya chempionatidan “Loryan” pleymeykerni so‘rab, murojaat qildi.
Biroq, Donni van de Bek kuchliroq va mashhurroq klub topish ilinjida ular bilan muloqot qilishdan bosh tortdi.
Yangi xaridor chiqmagach, niderlandiyalik futbolchining agentlari transfer oynasining oxirgi kunida “Loryan”ga taklif bilan murojaat qildi. Lekin frantsuzlar avvalroq katta ketgan o‘yinchi bilan muzokara qilishni istamadi.
Fikrlar