
“Manchester Yunayted” bilan jaljal boshlab qo‘ygan Ronaldu maqsadini aytdi
Katta intervyusida “Manchester Yunayted” rahbariyati va bosh murabbiy Erik ten Xagni tanqid qilgan Krishtianu Ronaldu hamon ziddiyatlar markazida qolmoqda.
37 yoshli futbolchi shov-shuvli intervyusidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda ilk fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Bor e’tiborim va diqqatimni milliy terma jamoaga qaratdim. Biz bir maqsadni amalga oshirish yo‘lida birlashdik: barcha portugaliyaliklarning orzusini ro‘yobga chiqaramiz, - dedi Krishtianu Ronaldu.
Hozir jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalar tayyorgarlikning so‘nggi bosqichiga kirishgan. Portugaliya futbolchilari mundialning guruh bahslarida Janubiy Koreya, Gana va Urugvay bilan raqobatlashadi.
Fikrlar