
“Manchester Yunayted” Angliyaning eng zo‘r to‘purarini katta pul bilan o‘ziga og‘dirmoqchi
“Manchester Yunayted” kelasi mavsum oldidan tarkibini mohir to‘purar bilan kuchaytirishni rejalashtirgan.
Erik ten Xag hujum markazida “Tottenxem”dan ketishga tayyor turgan Harri Keynni ko‘rmoqchi. Manchesterlik bu transfer bo‘yicha dastlabki qadamni tashladi.
The Sun nashrining yozishicha, manchesterliklar 29 yoshli forvardni o‘ziga og‘dirish uchun unga katta maosh va’da qilyapti. Harri Keyn hozir “Tottenxem”dan haftasiga 200 ming funt olyapti. Manchesterliklar hujumchiga har hafta uchun 300 ming funt xizmat haqi ajratishga tayyor.
“Tottenxem” so‘nggi yillardagi asosiy to‘purarini osonlikcha qo‘yib yubormaydi. Keynning bir yillik shartnomasi qolganiga qaramay, klub prezidenti Daniel Levi xaridorlardan 100 million evrodan ko‘p badal puli so‘rashi aytilmoqda.
Fikrlar