"Manchester Yunayted" 100 million evroga himoyachi sotib olmoqchi

  • 28 noyabr, 2023, 05:03
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ni kelasi yozda Rafael Varan tark etishi mumkin. Klub uning o‘rniga markaziy himoyachi sotib olishni reja qilgan. Variantlar orasida "Benfika" a’zosi Antoniu Silva favorit bo‘lib turibdi. 

"Sky Sports" nashri ta’kidlashicha, portugaliyalik himoyachining tovon puli 100 million evro va klub uni faqatgina shu pulga qo‘yib yuboradi. "Qizil iblislar" buni yaxshi biladi va kelasi yozda futbolchi uchun kurashadi. 

Tecno

19 yoshli Silva iqtidorli o‘yinchilar qatorida turadi. Ushbu mavsum Antoniu jamoasi tarkibida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golda ishtirok etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!