
"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin
"Bavariya" vingeri Leroy Sane yozgi transfer oynasida klubi ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Myunxen klubi esa hali shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlamagan. "CaughtOffside" nashrining xabariga ko‘ra, "Bavariya" Sanening transfer qilish borasida bir qarorga kelmagan.
Manbaga ko‘ra, yozda hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi bo‘lgan "Manchester Yunayted" Sanega qiziqish bildirmoqda.
"Transfermarkt" portali 27 yoshli germaniyalikni 70 million evroga baholamoqda.
Fikrlar