"Manchester Siti"ni kim to‘xtata oladi?! "Shaharliklar" bu mavsumda hali mag‘lub bo‘lmadi

  • 24 oktabr, 2024, 10:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Manchester Siti" klubi joriy mavsumda hali bitta ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmadi.

Kecha Xosep Gvardiola shogirdlari Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-tur uchrashuvida Praganing "Sparta" jamoasini o‘ta yirik ko‘rinishda mag‘lub etishdi(5:0).

Tecno

Mavsum boshidan buyon "Manchester Siti" barcha musobaqalarda o‘tkazgan 13 ta o‘yinning birortasida ham mag‘lubiyatga uchramagan. Jamoa shu vaqt mobaynida 9 ta g‘alaba va 4 ta durang qayd etgan. 

"Shaharliklar" endi navbatdagi uchrashuvini "Sautgempton"ga qarshi APL doirasida o‘tkazadi. Mazkur bahs esa, 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!