“Manchester Siti”ga muxlislik qilish uchun Ispaniyaga borgan fanatning o‘ligi chiqdi
“Manchester Siti” Evropa Chempionlar ligasi umumiy guruhining uchinchi turida Ispaniyaga safar qilib, “Vilyarreal” jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib qaytdi.
“Shaharliklar”ni qo‘llab-quvvatlash uchun manchesterliklar muxlislar ham Ispaniyaga kelgan. Ammo ular orasida 35 yoshli fanat Gay Bredshouga uchrashuvni tomosha qilish va g‘alabaga sherik bo‘lish nasib qilmagan ekan.
Bir guruh do‘stlari bilan ispan zaminiga kelib, Vilyarreal shahri yaqinidagi Benidormdan apartament olgan Gay Bredshou o‘zining yotog‘ida o‘lik holda topilgan.
Manchester Evening News nashrining yozishicha, Gayning do‘stlari uni yotog‘idan topganida hech qanday shubhali holatlarga duch kelmagan va fanat tabiiy tarzda hayotdan ko‘z yumgan.
“Manchester Siti” klubi bu voqeadan xabar topdi va Gay Bredshouning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirdi.



Fikrlar