
"Manchester Siti"da Agueroga etadigan futbolchi yo‘q!
Kecha “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Lester”ga (1:2) imkoniyatni boy bergach, hamshahari "Manchester Siti" muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Ushbu chempionlikdan so‘ng "shaharliklar" hujumchisi Serxio Aguero "Manchester Siti" tarixidagi eng ko‘p sovrin yutgan futbolchiga aylandi. Bu argentinalik futbolchi uchun “Siti”dagi 15-sovrin bo‘ldi. Bunga qadar ushbu nom ispaniyalik yarim himoyachi David Silvaga tegishli edi.
Aguero "Manchester Siti" safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U ushbu vaqt mobaynida 5 marta APLda, 1 marta Angliya kubogida, 6 marta Angliya liga kubogida va 3 marta Angliya Superkubogida g‘olib bo‘ldi.
Serxioning “Siti” bilan amaldagi shartnomasi shu yoz o‘z nihoyasiga etadi va u jamoani erkin agent sifatida tark etadi.
Fikrlar