"Manchester Siti" yozda 2 ta super transferrni amalga oshirmoqchi

  • 17 yanvar, 2021, 12:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" yozgi transferlar uchun 200 mln evro ajratmoqchi. The Telegraph nashrining yozishicha, “shaharliklar” mavsumlar oralig‘ida Erling Xoland va Romelu Lukakuni sotib olmoqchi. Aytish lozimki, har ikkala futbolchi ham o‘z jamoasining eng yaxshi to‘purarlari hisoblanadi.

Tecno

Xoland joriy mavsum Bundesligada 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 12 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Lukaku A Seriyada 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

“Manchester Siti” ayni damda APLda 4-o‘rinda bormoqda. Jamoaning eng yaxshi to‘purari Raxim Sterling hisoblanadi. Uning hisobida 4 ta gol hamda 3 ta golli uzatma mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!