“Manchester Siti” yanvarda qimmat yulduzni oladi

  • 15 sentabr, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” mutasaddilari anchadan beri “Bayer” etakchisi Florian Virtsni transfer qilishni istamoqda.

Tecno

“Shaharliklar” yozda 20 yoshli yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi. Biroq, “Bayer” o‘z etakchisini qo‘yib yubormadi.

Xosep Gvardiola jamoasi qishki transferlar vaqtida Virtsni olishga yana bir bor urinib ko‘rmoqchi. Bu haqda taniqli insayder Ekrem Konur ma’lumot tarqatdi.

“Manchester Siti” Virts uchun leverkuzenliklarga 80 million evro taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Florian Virtsni “Real” va PSJ kabi qudratli klublar ham o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istayotgani manchesterliklarning ishini biroz qiyinlashtiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!