
"Manchester Siti" hujumchisi London klubiga o‘tadi
Londonning “Arsenal” klubi mavsumlar oralig‘ida o‘zining hujum chizig‘ini “Manchester Siti” hujumchisi Gabriel Jezus bilan kuchaytirishi mumkin, deb xabar bermoqda The Athletic.
Manbaga ko‘ra, "kanonirlar"ning texnik direktori Edu bir necha oydan beri Jezusning agentlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, braziliyalikning London klubiga o‘tishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillardan biri Mikel Arteta bo‘lishi mumkin, boisi u allaqachon "Siti"dan Jezus bilan birga ishlagan.
“Arsenal” Braziliya terma jamoasi a’zosiga alternativ sifatida “Everton” hujumchisi Dominik Kelvert-Lyuin nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, Jezus joriy mavsum premer-ligada 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Kelvert-Lyuin esa 13 uchrashuvda 3 ta gol urdi.
Fikrlar